Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Asensio - Ronalduning asosiy o'rinbosari


Ispaniyalik futbolchi Krishtianuning asosiy o'zgaruvchisi

Ispaniyalik yarimhimoyachi Marko Asensio jamoada Krishtianuning asosiy o'rinbosari hisoblanmoqda. Zidan Ronalduga dam bergan o'yinlarda asosan Asensio maydonga tushmoqda. Tronxeymda o'tgan UEFA Superkubogida ham Asensio "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib gol kiritdi. Umuman olgan Ronaldu yozda jarohatdan qaytguncha Marko 3 ta o'yin o'tkazib 2 ta gol muallifiga aylangan edi.

"Real Madrid"ga qaytganidan so'ng 20-raqam egasi 15 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va shularning 11 tasida Ronalduning pozitsiyasida harakat qildi. Ular birgalikda faqat 4 marta maydonda harakat qilishgan: "Las-Palmas, "Legiya" va Qirol kubogida "Selta"ga qarshi ikkala o'yinda ham.

Hozircha u jamoada to'purarlar ro'yxatida 6-o'rinda bormoqda va uning hisobida 8 ta gol bor.

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.