Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Pochettino: "Real" qo'ng'iroq qilsa, biz tinglashga majburmiz"


"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Sizga "Real"dan qo'ng'iroq qilishsa, ularni tinglashga majbursiz. Biroq ayni damda bu menga bog'liq emas. Yaqindagina "Tottenxem" bilan 5 yillik shartnoma imzoladim va bu klubda juda baxtliman. Bu erda ishimga aralashishmaydi. Hozir kelasi mavsum rejalariga etibor qaratganman va har qadamda aytiladigan gaplardan uzoqlashmoqchiman. Mish-mishlar ko'p bo'ladi, biroq hozircha menda "Real" borasida yangilik yo'q", - deydi Pochettino.

Oldinroq, Zinedin Zidan "Real"dan ketganini elon qilgan edi. SHundan so'ng Pochettino "Qirollik klubi" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Maurisio Pochettino
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.