Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Braziliya termasi bosh murabbiyi "Real"ni boshqaradimi?


Madrid "Real" klubi yangi bosh murabbiyni izlayotgani bu hech kimga sir emas.

Ayni vaqtga kelib ko'pchilik muxlislarni "Real Madrid" boshqaruviga kim kelishi haqidagi savol qiynamoqda, ammo bu savolga aniq javob berish qiyin. Shunday bo'lsada ijtimoiy tarmoqdagi klubning rasmiy sahifalari va internet nashrlari tarqatayotgan tahminiy murabbiylar haqida kunlik xabarlarni etiboringiz havola qilib bormoqdamiz.

"O Globo" nashri xabar berishicha, madridliklar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite xizmatiga qiziqish bildiryapti.

Manbada yozilishicha, mutaxassisning "Pentakampeonlar" bilan imzolagan shartnomasi JCh-2018 oxirigacha mo'ljallangan va Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbari Rojerio Kaboklo 57 yoshli Titega yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq, u JCh-2018 oxirigacha kutib turishni so'ragan.

Murabbiyning agenti "Real" haqidagi xabarni izohlashni istamadi.

Agar Tite "Real" bosh murabbiyi bo'lsa, u holda shogirdi Neymarning "PSJ" klubidan transferini tezlashtirishi ham mumkin.

Manba: www.oglobo.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Tite
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.