Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu 4 ta jahon chempionatida gol ura olgan 4-o'yinchiga aylandi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.

Ronaldu uchrashuvning 4-daqiqasidayoq 11 metrlik jarima ishlab olib, o'zi uni bexato amalga oshira oldi.

Shu tariqa Ronaldu 4 ta jahon chempionatida gol ura olgan tarixdagi 4-futbolchi bo'ldi. Ronaldu 2006, 2010 va 2014 yillardagi jahon chempionatlarida gollar muallifiga aylangan.

Shuningdek, bunday natijaga Ronaldugacha Germaniya terma jamoasi o'yinchilari Uve Zeeler va Miroslav Kloze hamda afsonaviy Pele erishgan.

Krishtianu Ronaldu, jahon chempionatida ajoyib yurish boshladi. Umid qilamizki bu hali boshlanishi...


Muallif: El Capitano |
Teg: JCH-2018, Prtugaliya, Ispaniya, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.