Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Tramp Ronalduning prezident bo'lishini taxmin qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Soza bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari suhbat chog'ida futbol mavzusiga ham to'xtalib o'tishdi va portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'yinini muhokama qilishdi. Bunda Tramp Ronalduni Kristian deb atadi.

– Ronalduni buyuk futbolchi deyishadi. Aytingchi, u shu daraja yaxshimi? Undan hayratdamisiz? – deb so'radi Tramp.

– Juda ham. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi, – deb javob berdi de Soza.

Tramp: "Krishtianu qachonlardir prezident bo'lishi mumkinmi? U saylovda g'olib chiqishi ham mumkin. Buni yaxshi bilasiz".

De Soza: "Bilasizmi, sizga bir narsani aytaman. Portugaliya – AQSH emas".

Tramp: "Ha, bu to'g'ri".

De Soza: "Portugaliya sal boshqacharoq".

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Donald Tramp, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.