Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan nega Neymar transferidan voz kechgani malum bo'ldi


"Qirollik klubi"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "PSJ" hujumchisi Neymarning transferidan himoyachi Marselo tufayli voz kechgan bo'lishi mumkin.

Bu haqda Zidanning yaqin do'stlaridan biri so'zlariga tayanib, braziliyalik jurnalist Andre Rizek xabar bermoqda.

"Ziyofat paytida Zidan Neymarning transferi haqidagi fikrlarini aytdi. Unga bu g'oya yoqmadi, chunki, Neymar va Marselo birgalikda o'ynay olmasligini tushunardi. Gap shundaki, har ikkalasi ham maydonning bir hududida harakat qiladi. Shu tufayli, Zidan Neymarning transferini maqullamadi", - deb Rizek so'zlarini keltirmoqda AS.

Zidan nega Neymar transferidan voz kechgani malum bo'ldi

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Marselo, PSJ, Neymar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.