Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Karvaxal “Real”ning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi


“Real” himoyachisi Daniel Karvaxal sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini solishtirar ekan, “Real”ning tarixdagi eng yaxshi futbolchisi haqida ham gapirib o'tdi.

“O'ylashimcha, Messi va Ronalduni solishtirish juda qiyin. Garchi bu ikkala futbolchi hujum chizig'ida o'ynasada, ikkalovi ham eng kuchlilar orasida kuchlisi hisoblansa ham, ular turlichi o'yin namoyish etishadi.

Messi- futbol uchun katta ishni amalga oshirayotgan futbolchi. U maydonni yaxshi ko'ra oladi, ajoyib driblingga ega, doim bo'sh zonalarni qidiradi va ajoyib to'p uzatishlarni amalga oshiradi.

Ronaldu ham hujumchi uchun barcha xislatlarga ega futboli. Jarima maydonchasi ichida gol urish uchun barcha ishni bajaradi va maqsadiga erishadi. Ular turli xil uslubga ega futbolchilar.

Ronaldu Messiga nisbatan chaqqonroq va tezroq harakat qiladi. Messi esa xotirjam to'p tepib, maqsadiga erishadi.

“Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi? Raul. Undan o'rnak oladigan jihatlar ko'p. U jamoaviy futbolchi. Raul barchasiga tinimsiz mehnati evaziga erishgan. Uni tezkor, dribling ustasi yoki bosh bilan hammadan yaxshi o'ynay oladi deb aytib bo'lmaydi. Ammo u hammasini to'g'ri bajarardi. Uning kiritgan gollari va umuman uning Madrid klubida qayd etgan natijalari gaplarimning isboti bo'la oladi”,
- deydi Karvaxal “beIn Sports»ga bergan intervyusida.


Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Raul, Daniel Karvaxal, Ronaldu, Messi, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.