Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Yurgen Klopp: "Ramos Salohga beshafqatlik qildi"


«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Salohning Chempionlar Ligasi finalida olgan jarohati bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

«Agar «Real» muxlisi bo'lmasangiz, buni beshafqatlik va qo'pollik ekanini tan olasiz.

Bunday holatda hakam ayovsiz bo'lishi kerak edi. Agar VAR tizimi bo'lganida, bu holatni qayta ko'rib chiqish imkoniyati bor edi.

Bilmadim, bunga qanday baho berish mumkin - oldin darvozabonni tirsagi bilan urish, so'ngra, hujumchini maydon markazida kurash uslubi bilan yiqitish, natijada esa o'yinni yutish. Ammo, o'yindagi holatlar shunday edi.

Keyinchalik Ramos menga yoqmaydigan so'zlarni juda ko'p gapirdi. Inson sifatida uni tushunib turibman. U buni normal holat deb baholadi, ammo bu fikriga qo'shilmayman»,
- dedi Klopp.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Yurgen Klopp, Serxio Ramos, Muhammad Saloh
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.