Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Dani Sebalos yangi mavsumda yetakchilar safida bo'lishi mumkin


Lopetegi "Qirollik klubi" boshqaruviga kelgach yosh ispanga imkon berishga tayyor ekanini malum qildi.

Dani Sebalos - yangi murabbiydan imkoniyat kutayotgan futbolchilaridan biri. Zidan qo'l ostida sobiq "Betis" futbolchisi 899 daqiqa harakat qildi, jami 22 ta o'yinda harakat qilgan futbolchi ko'p xollarda so'nggi daqiqalarda maydonga tushdi. Boz ustiga Sebalos "Barselona" taklifini rad etib "Real"ga o'tishga qaror qilgan edi. "Real"ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya U-21 jamoasida ishlab yurgan chog'ida Sebalosning imkoniyatlarini yaxshi biladi va unga butkul ishonadi. O'shdan Lopetegi jamoasida Dani eng asosiy figuralardan biri edi.

UEFA Superkubogida Danining maydonga tushish imkoniyatlari yuqori. Sababi Luka Modrich va Mateo Kovachich hali hamon ta'tilda, Kazemiro ham "Atletiko"ga qarshi bir hafta qolganda safga qaytadi.

Xulen ham Zidan kabi o'z qo'l ostidagilar bilan tavakkal qiladigan murabbiylar sirasiga kirmaydi.

Manba: www.realmadrid.ru


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi, Dani Sebalos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.