Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mourino "Real"ning ikki nafar futbolchisini sotib olmoqchi


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real" futbolchisi Toni Kroos va hujumchisi Garet Beylni jamoasi tarkibida ko'rmoqchi, deb xabar beradi "Marca".

Joze fikriga ko'ra, bu futbolchilar "Manchester Yunayted" tarkibini keskin kuchaytira oladi. Ammo, "Qizil iblislar" rahbariyatiga "Real"ni bu futbolchilarni sotishga ko'ndirish oson bo'lmaydi.

O'tgan mavsumda Kroos La Ligada 27ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 7ta golga hammualliflik qilgan. Beyl hisobida 26ta o'yin, 16ta gol va 2ta golli uzatma bor.

Eslatib o'tamiz, Beyl shu yil yozda "Real"ni tark etmoqchi bo'lgan edi. Ammo bosh murabbiy Xulen Lopetegi uni fikridan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Toni Kroos, Garet Beyl, Manchester Yunayted
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.