Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Sampdoriya" klubi ijtimoiy tarmoqda Serxio Ramos bilan hazillashdi


"Real" himoyachisi Serxio Ramos yozning so'nggi kunlaridan unumli foydalanib, chempionat boshlanganiga qaramay biroz dam olishga qaror qilgan ko'rinadi.

Madridliklar sardori instagramdagi sahifasiga surat joylab, unga quyidagicha izoh yozib qoldirdi: "Stil. Ranglar. Yoz. Kayfiyat". Fotoda uning qora-ko'k rangli yo'l-yo'l chiziqlari bor ko'ylakda o'z uyi oldida turganini ko'rish mumkin.

Ushbu libos "Sampdoriya" klubining ananaviy epikirovkasini eslatib yuboradi.

Shu boisdan ham italyan klubi tvitterdagi sahifasida kichik hazil qilib, ushbu suratni elon qilgan holda quyidagicha izoh yozib qoldirdi:

"Transfer oynasi yopilganiga ishonchingiz komilmi? Serxio Ramosga klubimiz ranglari juda yarashibdi".

https://pp.userapi.com/c846122/v846122789/cf212/hgaEbI_5_Uw.jpg

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Serhio Ramos, Sampdoriya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.