Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

UEFA prezidenti: "ECHL o'yinlari 2024 yilgacha faqat Evropa hududida o'tkaziladi"


UEFA Chempionlar ligasi o'yinlari 2024 yilga qadar faqat Evropa hududida o'tkaziladi. Evropa futboli bosh rahbari Aleksander Cheferin shu haqda malum qilgan.

"Bir paytlar mendan: "Chempionlar ligasi o'yinlari xorijda, masalan Nyu-Yorkda o'tkazilishi mumkinmi?" deb so'rashganida, nega endi mumkin bo'lmasin ekan, deya javob bergandim. Ko'pchilik buni xuddi UEFAning aniq rejasidek qabul qilgan edi.

Hozir shuni aytishim mumkinki, 2024 yilgacha hech narsa o'zgarmaydi EChL o'yinlari faqat Evropa hududida bo'lib o'tadi. 2024 yildan so'ng nima bo'lishini keyin muhokama qilamiz.

Ispaniya chempionatiga kelsak, La Liga o'yinlarini AQShda o'tkazish uchun Ispaniya futbol federaTsiyasi, UEFA, AQSh futbol federaTsiyasi va KONKAKAF bilan kelishuvga erishishi kerak.

Umuman olganda, men bu g'oyaga qarshi emasman. Biroq buni tasdiqlash jarayoni anchagina vaqt talab qiladi. Menimcha, La Liga hammasini kelishib olgandan keyingina o'z rejalarini elon qilgani maqulroq edi", - degan Cheferin.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Aleksander Cheferin
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.