Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Rasman:"Real Madrid" va "Roma" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar malum


UEFA hakamlar qo'mitasi Chempionlar Ligasi 1-tur uchrashuvlariga hakamlar brigadasini tayinladi.

Unga ko'ra Gollandiyalik hakam Byorn Ko'ypors "Real Madrid" va "Roma" uchrashuvini boshqarib boradi. Gollandiyalik hakam bundan oldin 5 marta "Real" ijrosida o'yinlarni boshqarib borgan.

Ilk marta 2011/12-mavsumda Moskvada "SSKA" bilan (1:1), 2012/13-yilgi mavsumda yarimfinalda "Borussiya Dortmund" - "Real" (4:1), 2013/14-yilgi mavsumda Ko'ypors finalni boshqarib borgan va o'shanda "Qirollik klubi" "Atletiko"ni (4:1) natijasi bilan yengan edi.

So'nggi bor esa o'tgan yili "Borussiya" (1:3) va Myunxendagi ilk yarimfinal (1:2) uchrashuvlarida ham gollandiyalik hakam boshqarib borgan edi. Demak, Byorn Ko'ypors boshqargan o'yinlarda "Real", bitta durang, bitta mag'lubiyat va 3 ta g'alabaga erishgan.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Roma, CHempionlar Ligasi, Byorn Ko'ypers
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.