La Liga prezidenti: "Federatsiya AQShdagi o'yinlarni taqiqlamadi"
- » Yangiliklar » La Liga
- 22-09-2018, 15:58
- 290
La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionat o'yinlarining AQShda o'tkazilishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
"Bizdan qo'shimcha hujjatlarni talab qilishdi. Hozir shu bilan shug'ullanyapman. Kuni bilan qo'mita yig'ilishida ishtirok etdim, shu tufayli federatsiya xatini hali o'rganib chiqmadim.
Bazi muammolarning ijobiy hal bo'lishidan umidvorman. Ko'ramiz, nima yuz berarkan.
Luis Rubiales "Yo'q" demadi. U huquqiy muammolarni hal qilish uchun ko'proq hujjat so'radi. Tabiiyki, ularda xohish yo'q, ammo men yaxshi umiddaman. Biz Superkubok bahsini Marokashda o'tkazdik, bu esa ijobiy tajriba", – deb Tebas so'zlarini keltirmoqda "Marca" nashri.
Avvalroq, Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi La Liga rahbariyatining chempionat o'yinlarini AQShda o'tkazish haqidagi so'roviga rad javobini bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: www.tribuna.uz

Muallif: El Capitano |
Teg: La Liga, Xaver Tebas
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish