Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Simeone "Real"ga qarshi o'yindan oldin muhim bayonot berdi


"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ga qarshi o'yindan oldin, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men raqib haqida ularning so'nggi o'yini orqali xulosa chiqarmayman. "Real"ning imkoniyatlarini chamalasam, u dunyoning eng yaxshi klublaridan biri ekanini ko'ryapman. Kechagi voqealarni o'rganish uchun vaqt sarflamayman. Futbol bugungi kun bilan yashaydi va bizni umuman yangi o'yin kutmoqda.

Derbi - o'zgacha bahs. "Real" Ronaldusiz qanday o'ynashni o'rganib oldi. Jamoaning hozirgi natijalari hech narsani anglatmaydi, derbi - erkaklar o'yini, unda bor kuchi va hissiyotlari bilan o'ynaydiganlar g'olib chiqadi", - deb Simeone so'zlarini keltirmoqda "AS" nashri.


Eslatib o'tamiz, "Real" bundan oldingi turda "Sevilya" maydoniga safar qilib yutqazib qo'ygan edi.

"Real Madrid" - "Atletiko Madrid" o'yini 29 sentabr kuni soat 23:45da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Atletiko Madrid, Diego Simeone, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.