Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Puyol: "Modrich – buyuk o'yinchi, ammo..."


"Barselona"ning sobiq sardori Karles Puyol Lionel Messining FIFA talqini bo'yicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogarlar uchligiga kiritilmaganiga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, muxlislar, jurnalistlar, terma jamoalarning murabbiylari va sardorlari o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra, "Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich hujumchilar Krishtianu Ronaldu va Muhammad Salohni ortda qoldirib, "Eng yaxshi" sovrinin qo'lga kiritgan edi.

"Leoning ro'yxatga yo'qligi g'alati. U jahondagi eng yaxshi o'yinchi ekanligiga menda shak-shubha yo'q.

Individual sovrinlarni topshirishni aynan nimani tahlil qilishlarini hech qachon tushunmayman. Ularning tanlovini ham hurmat qilish kerak, ammo futbol odamlari kim eng yaxshi ekanini bilishadi.

Modrich – buyuk o'yinchi, u mavsumni juda yaxshi o'tkazdi. Ammo men Messini eng yaxshi hisoblayman.

Modrichni tabriklayman. Leo har doim faqat g'alaba qozonib kela olmaydi. Aks holda, uning o'zi uchun alohida, boshqalar uchun alohida sovrinlar joriy etishimizga to'g'ri kelardi", - deb aytdi Puyol.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Karles Puyol, Luka Modrich
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.