Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Obbo. Beyl yana jarohat oldimi?


"Real Madrid" hujumchisi Garet Beyl Ispaniya chempionati 7-turidan joy olgan "Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda jarohat sababli oxirigacha o'ynay olmadi.

Madridliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uelslik futbolchini tanaffusdan so'ng zaxiraga oldi. COPE jurnalisti Aranchi Rodriges bergan xabarga ko'ra, futbolchining son qismidagi mushaklari jarohatlangan. "Marca" nashri malumotiga ko'ra, Beyl Chempionlar Ligasi 2-turidan joy olgan TSSKAga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bundan oldin "Real"ning yana ikki futbolchisi – Isko hamda Marselo ham TSSKA bilan o'yinni jarohat sababli o'tkazib yuborishi malum qilingan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.