Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Karvaxal "Atletiko"ni vaqtni cho'zishda aybladi


"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya chempionati 7-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi kechgan (0:0) Madrid derbisi borasidagi fikrlarini aytib o'tdi.

"Ular durang uchun o'ynashdi, xuddi oltin uchun o'ynashayotgandek. Har bir jamoa o'zi istagancha o'ynashi mumkin, ammo raqib dastlabki daqiqalardanoq vaqt cho'za boshlasa va durangga erishish uchun o'ynasa, g'alaba qozonish qiyin bo'ladi.

Biz qatorasiga oltinchi o'yinda ham o'z maydonimizda "Atletiko"ni enga olmadik. Lekin men agar sovrinlar yutishda davom etsak, ularni hech qachon yuta olmasligimizga ham roziman", — deya Karvaxalning so'zlarini keltirgan "Marca" nashri.


Qatorasiga ikkinchi o'yinda ochko yo'qotgan "Real" ayni vaqtda 14 ochko bilan Primera turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi, "Atletiko" 12 ochkosi bilan — 4-o'rinda.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Dani Karvaxal, Atletiko Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.