Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real"ning ECHLdagi golli seriyasi 30 taga yetmay qoldi


"Real" Chempionlar ligasi 2-turida "Lujniki"da mehmon bo'lib, CSKA (0:1) hisobida yutqazdi.

Shu tariqa, Madrid klubining ECHLdagi 29 o'yinga cho'zilgan golli seriyasiga barham berildi.

Malum bo'lishicha, "Real" kechagi o'yinda moskvaliklar bilan golsiz mag'lubiyat qayd etgunga qadar ECHLda so'nggi marta 2016 yilda "Manchester Siti" bilan yarim final jangida gol ura olmagan edi. O'shanda final yo'lidagi bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan.

Kecha "Armiyachilar"ga qarshi o'yinda "Qirollik klubi" darvoza tomon 26 marta zarba yo'llagan bo'lib, ulardan faqat 3 tasi darvoza tomon aniq yo'nalgan edi. Shu bilan birga, "Real" o'yinchilari ikki marta darvoza ustuni, bir marta darvoza to'sinini nishonga olishdi.

Bundan tashqari, "Real" "Lujniki" stadionidagi so'nggi 4 o'yinini muvaffaqiyatsiz yakunlamoqda: 3 ta mag'lubiyat va 1 durang.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Statistika, CHempionlar Ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.