Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos inqirozdan chiqib ketishning "yagona yo'li"ni aytdi


"Real" sardori Serxio Ramos, Ispaniya chempionatining 9-turida "Levante"ga imkoniyat boy berilgach (1:2), jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

"Tanqidlarning bo'lishi tabiiy. Ular faqat Xulenga qaratilmagan. Barchamiz tanqid ostidamiz. Muxlislarning mag'lubiyatimizga bunday munosabat bildirishlari tabiiy. Biz hozir har doimgidan-da birdamroq bo'lishimiz kerak, oldinga intilishning yagona yo'li shu.

Men doim aytib kelaman: murabbiyni o'zgartirish hech qachon hech kimga yaxshilik keltirmaydi. Biz Xulenning yonida turamiz, u – juda kuchli murabbiy. Hozir biz xotirjamlikni saqlay olishimiz zarur", - degan Ramosdan iqtibos keltirdi AS.


Eslatib o'tamiz, kechagi bahsdan so'ng :Real" prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy bilan yakka holda gaplashib olgani malum qilingandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Serxio Ramos, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.