Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

El Klasikoga bosh hakam tayinlandi


La Liga Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real Madrid" o'yiniga rasmiylarini tayinladi.

Bellashuvni Xose Mariya Sanches Martines bosh hakam sifatida boshqaradi. May oyida, "Kamp Nou"da o'tkazilgan so'nggi El Klasikoni (2:2) boshqargan Alexandro Xose Ernandes Ernandes bu safar video-yordamchi sifatida ishlaydi.

El Klasikoga bosh hakam tayinlandi

35 yoshli Sanches "Barselona" bilan "Real Madrid" o'yinlarini 2 marta boshqargan. O'tgan yilning avgust oyida bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi bahsida "Real Madrid"2:0 hisobida g'alaba qozongan. 2017 yilning dekabr oyida "Barselona" safarda 3:0 hisobida zafar quchgan edi.

"Barselona" – "Real Madrid" o'yini yakshanba, 28 oktabr kuni soat 19:15da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: El Klassiko
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.