Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mashhur nashrlar nima deyishmoqda. "Oltin to'p"ni kim olishi malum bo'ldimi?


Bugun, 3 dekabr kuni France Football nashri yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlaydi.

Ushbu marosimdan oldin chet el nashrlari g'olib kim bo'lishini e'lon qilishdi.

"Onda Cero" nashri...
Ispaniyaning "Onda Cero" sayti bergan malumotlarga ko'ra, sovrin uchun kuchli uchlikni Luka Modrich, Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann tashkil qiladi. Ushbu uchlik orasida "Oltin to'p" Modrichga nasib etishi aytilgan.

"Sky Italia" nashri...
"Sky Italia" nashri ham ispanlar kabi Modrich bosh sovrinni qo'lga kiritishini malum qilgan. Italiyalik jurnalistlarning malumotlariga ko'ra, taqdirlash marosimiga kelmaydigan Kilian Mbappe ham sovrin oladi. Unga 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun tasis etilgan yangi sovrin topshiriladi.

"Marca" nashri...
Dunyoga mashhur "Marca" nashri ham sovrin xorvatiyalikka berilishini elon qilgan. Ularning fikricha, Modrich jahon chempionati finalchisi, CHempionlar ligasi g'olibi sifatida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi.

Marosim 4 dekabrga o'tar kechasi, tunda soat 01:00da boshlanadi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Kilian Mbappe, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Antuan Grizmann, Oltin to'p, Luka Modrich
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.