Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto


Bugun bizni Ispaniya chempionatining eng muhim o'yinlaridan biri kutib turibdi.

"Barselona" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan ushbu qarama-qarshilikda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar haqida eslab o'tishni joiz deb topdik.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
10. Ugo Sanches ("Real") - 10 ta gol. Meksikalik futbolchi "qirollik klubi" safida "Barsa" darvozasiga 10 ta gol kirita olgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
9. Xosep Samiter ("Barselona") - 10 ta gol. Samiter 1919-1932 yillar mobaynida o'tgan faoliyati davomida 10 marotaba "El-Klassiko"larda raqib darvozasini ishg'ol qilgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
8. Santilyana ("Real") - 12 ta gol. Santilyananing "Klassiko"lardagi gollari soni esa 12 tani tashkil qiladi.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
7. Pako Xento ("Real") - 14 ta gol. Xento "Real"dagi faoliyati davomida 128 ta gol kiritgan. SHulardan 14 tasi "Barsa" darvozasiga urilgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
6. Ferenc Pushkash ("Real") - 14 ta gol. Vengriyalik mashhur futbolchining ham bu boradagi ko'rsatkichi 14 taga teng.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
5. Sesar Rodriges ("Barselona") - 14 ta gol. Ispaniyalik charm to'p ustasi "Real" darvozasini 14 marotaba aniq nishonga olgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
4. Raul ("Real") - 15 ta gol. Afsonaviy Raul 16 yillik faoliyati davomida 15 marotaba kataloniyaliklar darvozasiga yo'l topa olgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
3. Krishtianu Ronaldu ("Real") - 16 ta gol. "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar 16 marotaba "El-Klasiko"larda gol kiritgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
2. Alfredo di Stefano ("Real") - 18 ta gol. Dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri esa 18 marta "Barselona" muxlislarini xafa qilgan.

"El Klasiko" tarixidagi eng yaxshi to'purarlar (TOP-10) + foto
1. Lionel Messi ("Barselona") - 21 ta gol. Argentinalik futbolchi "El-Klassiko"lar tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U 21 marotaba "Real" darvozasini ishg'ol qila olgan.

Ma'lumot uchun: Umum jamoa hisobida esa "Real Madrid" ustun 7ta to'purar qaymoqranglilarda bo'lsa, "Barselona"da 3tasi ko'rib turganigizday Madridliklar oldinda.

El Capitano hala-madrid.uz uchun maxsus


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.