Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Vinisius Junior haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar


Madridning "Real" klubiga o'tgan yil yozda kelgan yosh braziliyalik futbolchi tezda asosiy futbolchiga aylanib oldi.

O'quvchilarimiz talabiga ko'ra bu futbolchi haqida malumot beramiz.

To'liq ismi: Vinisius Joze Paysan de Oliveyra Junior.
Tug'ilgan sanasi: 2000 yil 12 iyul.
Tug'ilgan joyi: San Gonsalu (Rio de Janeyro) Braziliya.
Ampulasi: yarim himoyachi
Bo'yi: 176 sm.
Og'irligi: 73 kg.
Klubi: "Real Madrid" (Ispaniya)
Raqami: 28

O'ynagan klublari:
Vinisius Junior 2015-2017 yillarda Braziliyaning "Flamengo" klubining yoshlar jamoasi safidan o'ynagan bo'lsa, 2017-yilgi mavsumdan mazkur jamoaning asosiy tarkibiga jalb etilgan. Yosh futbolchi Braziliya terma jamoasining turli yosh toifasidagi jamoalarida o'ynashga ulgurdi. Jumladan, 2015-2016 yillarda 15 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya o'smirlar terma jamoasi safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan. 2016-2017 yillarda 17 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya yoshlar terma jamoasida 19 uchrashuvda 17 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Vinisius Junior 2018-yildan boshlab 18 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya yoshlar terma jamoasiga jalb etildi.

Vinisius Junior haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Yosh bo'lishiga qaramasdan jahonning grand jamoalari skautlari nazariga tushgan Vinisius Ispaniyaning Real Madrid klubiga transfer qilindi. Uning transferi oqasidan "Flamengo" klubi 45 million evro ishlab olganligini aytib o'tish joiz.

Hozirgi kunga kelib Real Madridning asosiy tarkibidagi o'rnini tobora mustahkamlab borayotgan yosh braziliyalikning ko'rsatayotgan o'yinlari ko'pchilik muxlis va mutaxassislar tomonidan alohida etiborga tushgan.


"CA" - nashridagi hamkasbimiz Bekzod Tolibov maqolasi hala-madrid.uz sayti uchun maxsus.


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Vinisius Junior
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.