Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Florentino Peres va Santyago Solari ikki soat dildan suhbat qurishdi


La Liganing 24-turi doirasida "Jirona"ga boy berilgan uchrashuvdan so'ng, Florentino Peresning jaxli chiqdi.

Manbaaning xabariga ko'ra, ispaniyaliklar Madrid restoranlaridan birida kech soat 21:30 uchrashishgan va 2 soat davomida dildan suhbat qurishgan. Uchrashuvda shuningdek klub direktorlari Xose Anxel Sanches va Ramon Martines ham ishtirok etishgan.

Peres va Solari jamoadagi holat va natijalar borasida gaplashib olishdi. Jumladan, Marseloning jamoadan ketishi mumkinligi, yosh iqtidor sohibi Vinisius Juniorning oyligini oshirish borasida maslahatlashib olishgan. Solarining keyingi taqdiri borasidagi masalada, Santyago bu jamoaning natijalariga bog'liq ekanligini tushunishini aytib o'tgan.

Florentino Peres esa "Jirona"ga ochkolar sovg'a qilish rejada bo'lmaganini, natijada peshqadam "Barselona" bilan farq 9 ochkoga etgani, qo'shimchasiga "matraschilar" ham "Qirollik klubi"ni quvib o'tgani prezidentni qattiq ranjitganini yashirib o'tirmadi. Agarda jamoa asosiy raqib "Barselona"ga qarshi Kubok va La Liga doirasida yaqin ikki uchrashuvda (27 fevral va 2 mart kunlari) yutqazib qo'ysa, Solariga chiqish eshiklari ko'rsatilishini ochiq aytgan.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Florentino Peres, Santyago Solari
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.