Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan “Real” murabbiyi sifatida qanday natijalarga erishgandi


Bir necha daqiqalar oldin franciyalik 46 yoshli mutaxassis Zayniddin Zidan ”Real” boshqaruviga qaytganidan xabaringiz bor.

Bundan avvalroq, Zidan 2016-2018 yillarda ham “blankoslar”ni boshqargan. U jamoa bilan ketma-ket uch marta ECHL g'olibligini, ikki martadan UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati sovrinlarini hamda bir martadan LaLiga chempionligi va Ispaniya kubogi oltin medallariga ega chiqqan. SHuningdek, Zizu 2017-yilda FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgandi.

Umuman, Zayniddin Zidan “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida 149ta o'yinda qatnashgan. SHularning, 104tasida g'alaba qozonib, 16tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yana 29 uchrashuvda esa uning shogirdlari murosa yo'lini tanlagan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: ECHL, Zinedin Zidan, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.