Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Agent Pogbani "Real"ga taklif qildi


"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, 26 yoshli xavbekning agenti Mino Rayola Pogbani "Qirollik klubi"ga taklif qildi. Tomonlar telefon orqali transfer haqida suhbat qurishdi. Agent madridliklarga uning mijozi "Real"ga o'tishga tayyorligini malum qildi.

Pogba joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 11ta golli pas berdi. Polning bozor narxi 90 mln. evro. Futbolchining shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

Oldinroq, Pogba xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Manchester Yunayted, Pol Pogba, Real
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.