Zinedin Zidan: "Lukani o'g'lim ekanligi uchun maydonga tushirganim yo'q"
- » Yangiliklar
- 2-04-2019, 11:56
- 235
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan LaLiganing 29-tur o'yinida "Ueska" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"O'yin qiyin bo'ldi, ammo chiroyli o'tdi. Ruxiy holatimizni yaxshilash uchun bizga g'alaba kerak edi. "Ueska" ajoyib o'yin ko'rsatdi.
Luka uchinchi darvozabon. Kurtua o'yinga tayyor emas edi. Keylorga dam berishga qaror qildik. Lukani o'g'lim bo'lgani uchun maydonga tushirganim yo'q, u ham boshqalar kabi "Real" futbolchisi. Uning o'yini haqida hech narsa demayman.
Birinchi o'tkazib yuborilgan gol - bu xato. Ammo umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik. Doimo g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz biror narsani o'zgartirishimiz kerak edi, shu sababli Mariano maydonga tushdi. Bu foyda berdi.
Benzema 10 yildan beri "Real"da. Balki bu mavsum unga atalgandir. Karim "Real" futbolchisi va klubini o'zgartirmoqchi deb o'ylamayman" - deydi Zidan.
Manba: www.championat.asia

Muallif: El Capitano |
Teg: Luka Zidan, Real Madrid, Zinedin Zidan
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish