Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


Zidan "Real"ni nima sabablarga ko‘ra jamoani tark etishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zineddin Zidan jamoadagi faoliyati haqida aytib o‘tdi.- Men, faqatgina men jamoaning asosiy va zahiradagi darvozaboni kim bo‘lishini tainlayman. Agarda futbolchilarni boshqara olmasam jamoani tark etishga majbur bo‘laman.

Albatta, klub doirasida transfer bilan bog‘liq muammolarni boshqa insonlar amalga oshirishadi. Biroq asosiy tarkibdan yoki zahira o‘rindig‘idan kim joy olishini faqatgina murabbiy hal qiladi.

Beyl "Betis"ga qarshi maydonga tushishini aytishim mumkin, ammo ushbu bahs uning ohirgi uchrashuvi bo‘ladimi yo‘qmi oshkor qila olmayman.

Ta’kidlab o‘tishim joizki, ushbu mavsum biz uchun juda qiyin kechdi, keyingi mavsum muxlsilar biz bilan faxrlanishlariga aminman, - deya Zidanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Manba: www.sports.uz




Muallif: Zuhriddin |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.