Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Mourinyo Alvaro Moratani o'z jamoasida ko'rmoqchi


"Real Madrid" hujumchisi Alvaro Morata "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

"MYU" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 24 yoshli hujumchini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda, bu haquda Marca nashri xabar berib o'tadi. Mourinyo allaqachon Morataga qo'ng'iroq qilib uni o'z jamoasida ko'rishni xohlayotganini aytib o'tgan va unga yetarlicha o'yin amaliyot berishini ta'kidlagan.

Aynan 2010/11-yilgi mavsumda Morata "Real"dagi debyutini Joze Mourinyo qo'l ostida o'tkazgan edi. Morata uzoq muddatga jarohat olgan hujumchi Zlatan Ibrahimovichning o'rnini egallashi kutilmoqda, qolaversa Ibraning "qizil iblis"lar bilan shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi.

Ushbu mavsumda Morata 36 o'yinda maydonga tushib (16 tasi asosiy tarkibda) 16 ta gol muallifiga aylandi.

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.