Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Regilon yaqin vaqt ichida "Sevilya"ga o'tadi


"Real" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini boshqa bir La Liga klubida davom ettirishga yaqin.

"Sevilya" 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga olishga kelishib oldi.

Bosh murabbiy Xulen Lopetegi shaxsan futbolchini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Ijara to'g'risidagi xabar rasman 4-iyulda elon qilinishi kutilmoqda.

Regilon 9 yoshidan boshlab "Real" akademiyasida shug'ullanishni boshlagan. 2015 yildan esa asosiy jamoadan chaqiruv olgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 22ta o'yin maydonga tushib, 3ta assistga erishgan.

Regilon yaqin vaqt ichida "Sevilya"ga o'tadi

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Sevilya, Real Madrid, Serxio Regilon
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.