Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Boshlanishi kutilayotgan mavsum Ramos uchun "Real"dagi nechanchisi?


"Qirollik klubi" himoyachisi Serhio Ramos mana 14 mavsumdirki jamoa bilan birga, bu mavsum El Capitano uchun "Real" lobosidagi 15 mavsum bilo'lishi kutilayapti.

Shu vaqtga qadar klub sardori 20dan ortiq sovrinlarni qo'lga kiritgan: 4 ta ECHL va Klublar o'rtasidagi JCH, 3 ta UEFA Super Kubogi, 4 ta La Liga tituli, 2 ta Copa del Rey va 3 ta Ispaniya Super Kubogi.

2005-yildan beri futbolchi klub tarkibida 606 uchrashuv o'tkizib, "Real Madrid"ning barcha davrlardagi 5-eng ko'p o'yin o'tkizgan futbolchisi bo'lib turipti. Undan faqat Raul (741), Kasillas (725), Sanchis (710) va Santillana (645)lar ko'p o'yin o'tkazgan.

Boshlanishi kutilayotgan mavsum Ramos uchun "Real"dagi nechanchisi?

Ramos 2011/12 va 2013/14 mavsumlarda "Real" tarkibida bir mavsum davomida eng ko'p maydonga tushgan edi. O'shanda u 51 uchrashuvda maydonda to'p surgan edi.

U maydonga tushgan musobaqalar: LaLiga - 419, Chempionlat Ligasi - 119, Copa del Rey - 46, ISpaniya Super Kubogi - 12, UEFA Super Kubogi - 4 va Klublar o`rtasidagi Jahon Chempionati - 6..

Ramos himoyachi bo'lishiga qaramay, kerak paytda hujumda ham yaxshi harakat qila oladi. Hozirgacha u "Real" tarkibida 84 ta gol urishga erishgan. Ular orasida tarixiyligi bilan o'ninchi va o'n birinchi CHL finali, 2014 va 2018-yilgi Klublar o'rtasidagi JCH finali va o`zi qatnashgan 3-UEFA Super kubogidagi gollari ajralib turadi.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano
|
Teg: Serxio Ramos, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.