Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Fabregas: "Azar "Real"ga ko'p narsa bera oladi"


"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas sobiq jamoadoshi Azarning "Real"ga o'tishi, Grizmanning "Barselona"ga transfer qilinishi va o'zining Ispaniyaga qaytishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

"Azar betakror futbolchi. U aynan "Real" uchun juda katta foydasi tegadigan futbolchi. CHunki u maydonda katta hududda harakatlanadi. U to'pni egallashni va uni nazorat qilishni yaxshi ko'radi. To'pni boshqa bir joyda qabul qilib, darvoza tomoni "yurish"ni xush ko'radi. Unga "ushbu poziciyani egalla va shu joyda qol" deb bo'lmaydi.

Masalan, "Barselona"da hamma pozicion futbol ko'rsatishga urinadi. To'pni bir birlariga aniq uzatishlari uchun hamma o'z poziciyasida bo'lishi talab etiladi. Azar esa doim to'p bilan bo'lishi va unga erkinlik lozim. U "Real"ga ko'p narsa berishi mumkin.

Grizmanning "Barselona"ga o'tishi men uchun "syurpriz" bo'ldi. U o'tgan yili "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirganida, bu klub bilan buyuk natijalarga erisha olishi mumkin deb o'ylagandir. Ammo futbol o'zgarmoqda. Uning kataloniyaliklar safiga o'tishi "Barsa"ni yanada kuchliroq qiladi. CHunki Antuan haqiqatan yaxshi futbolchi va jamoaning hujum chizig'ida muhim rol o'ynashi aniq.

32 yoshda Ispaniyaga qaytish haqida o'ylashim qiyin. Men "Barselona"da to'p tepishni istagandim va uch yil bu jamoa sharafini himoya qildim. U erda ko'plab sovrinlar yutdim va baxtli edim. Yana o'z yurtimga qaytib to'p tepishim uchun juda ko'p holatlar sodir bo'lishi kerak", -
deydi Fabregas.


Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Monako, Eden Azar, Real Madrid, Barselona, Sesk Fabregas Monako, Antuan Grizmann
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.