Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: "Garet xuddi boshqalar kabi yaxshi o'ynadi. Men natijadan..."


Ispaniya chempionatining ilk turida Real mehmonda Seltaga qarshi to'qnash kelib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Qirollik klubi" bosh murabbiysi Zinedin Zidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Uchrashuvdan oldin Beyl bilan uning qolishi masalasida gaplashib oldik. SHuningdek, hozir bizda bor bo'lgan barcha futbolchilar ham yangi mavsum haqida o'ylamoqda. Garet xuddi boshqalar kabi yaxshi o'ynadi. Men natijadan juda qoniqdim. SHogirdlarimning qilgan harakatlari uchun xursandman. Nafaqat hujumda, balki himoyada ham ancha ijobiy harakat qildik va bu o'yinning muhim jihati edi. Ikkinchi taymdagi chetlatishdan (Modrich qizil) so'ng, biz yaxshiroq ko'rindik.

Aslida ham shunday boshlashimiz kerak edi, yani, yaxshi o'yin va g'alaba bilan. Futbolchilarni tabirklagan holda shu ruhda davom etishlarini tilayman. Azarning jarohati biz uchun omadsizlik bo'ldi. CHunki, Edenni tarkibda ko'rmoqchi edim. Barchasi aniq bo'lganidan keyin esa uning o'rniga boshqasini qo'yishga to'g'ri keldi”, – deydi Zidan.


Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Zinedin Zidan, Garet Beyl, Real Madrid, La Liga, Selta
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.