Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


"Real" prezidenti Florentino Peres Ispaniyadagi banklardan biri bilan klub uchun kredit olish borasida kelishuvga erishgan.

Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Qaymoqranglilar" hisobiga yaqin kunlar ichida katta miqdordagi mablag‘ tushadi. Bu pul "Pari Sen-Jermen" forvardi Neymar transferi uchun sarflanishi kutilmoqda. Keyingi haftada Peres braziliyalik futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarni qaytadan boshlamoqchi. Futbolchining agenti Pini Zaxavi "Qirollik klubi" bilan aloqaga chiqqan va mijozi "Santyago Bernabeu"ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Neymarning "Barselona"ga qaytish ehtimoli deyarli yo‘qqa chiqqan. 27 yoshli hujumchi uchun parijliklar "Real"ning bir yoki ikki futbolchisiga qo‘shib 100-120 million yevro olishni rejalashtirgan.

O‘tgan mavsumda Neymar klubining barcha turnirlar doirasidagi 28 uchrashuvida maydonga tushib, 23 gol urgan va 13 golga uzatma bergan. Forvardning fransuzlar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

Manba: www.tribuna.uz




Muallif: El Capitano |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.