Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kroos termadagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi


"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Evro-2020dan keyin Germaniya termasidagi faoliyatini yakunlashini aytib o'tdi.

"Evropa chempionatidan keyin termadagi faoliyatimni yakunlash borasida o'ylab ko'raman. Evropa chempioni sifatida milliy termani tark etib, o'zimni qiynamoqchi emasman.

Bizda birga bir vaziyatlarda raqibini ortda qoldira oladigan futbolchilar soni anchagina ko'paydi. Balki endi gollar uchun kamroq paslar kerak bo'layotgandir. Ammo gol uchun har doim to'pga egalik qilishing shart", - dedi Kroos.


29 yoshli Kroos 2010 yildan buyon Germaniya tarkibida harakat qilib kelmoqda. U terma tarkibida jahon chempioni va ikki marta Evropa chempionati bronza medali sohibiga aylangan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Germaniya, Toni Kroos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Rafael Varan | "Saragosa"ga qarshi kechgan bahsda himoyada joyib o'yin ko'rsatdi va jamoaning birinchi golini aynan u tomonidan kiritildi.