Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eden Azar: “Yaxshi kun bo'ldi”


Madridning “Real” klubi hujumchisi Eden Azar Ispaiya chempionati 8-turi doirasida “Granada”ga qarshi kechgan bellashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvda belgiyalik hujumchi La Ligadagi ilk golini kiritishga erishdi.

“Yaxshi kun bo'ldi”, deya post joyladi Azar o'zining Instagramdagi sahifasiga.

28 yoshli Azar yozda 100 million evro evaziga “CHelsi”dan “Real”ga ko'chib o'tgan va 2024 yilga qadar qirollik klubi bilan shartnoma tuzgandi.

La liganing navbatdagi 9-turida “qaymoqranglilar” 19 oktyabr kuni “Malorka” mehmoni bo'lishadi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Eden Azar, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.