Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kazemiro "El-Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin


"Real Madrid"ning Braziliyalik yarim himoyachisi "Granada"ga qarshi (4:2) uchrashuvida sariq kartichka oldi.

2019/2020 yilgi mavsumda "Qirollik klubi"ning asosiy tarkib futbolchilaridan biri Karlos Kazemiro 26-oktabr kuni bo'lib o'tadigan "El-Klassiko"ni o'tkazib yuborish xavfi bor.

Braziliyalik futbolchi "Valladolid", "Villarreal", "Levante" va "Granada" ga qarshi o'yinlarda maydonga tushib 4 ta sariq kartochka oldi. Agar "Mallorka" bilan o'yinda ham Kazemiro sariq kartichka oladigan bo'lsa, La Liga qoidalariga ko'ra, u keyingi o'yinda maydonga tushmaydi va bir o'yinga diskvalifikatsiya qilinadi.

Katta ehtimol bilan, Zidan La Liganing 9-tur o'yinida Karlos Kazemiroga dam beradi.

Manba: www.merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Karlos Kazemiro, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.