Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida


“Real” klubining kelajagi porloq.

Ayni damda klub safidagi yosh iqtidorlarni istagancha sanash mumkin: Vinisius Junior, Braim Dias, Federiko Valverde, Rodrigo, Kubo... Biz esa “Real” yana bir iqtidori, ayni damda “Borussiya” safida porlayotgan himoyachi Ashraf Hakimi haqida so‘z yuritamiz. Bundesliga “Real” futbolchilari uchun tajriba to‘plashga qulay chempionatga aylanib ulgurdi.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Masalan, Daniel Karvaxalni olaylik. Bundesligada tajriba oshirib “Real”ga qaytgan ispaniyalik himoyachining bugun qanday darajaga yetganini bilasiz. Ashraf Hakimi ham ayni damda “Borussiya”ning asosiy tarkib futbolchisi.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Qizig‘i, himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, hujumlarda qatnashib, muhim gollarga ham mualliflik qilyapti. Hujumkorlikni yaxshi ko‘radigan himoyachi. “Real” esa Hakimini Bundesligaga ijaraga berib, adashmadi.

“Real” himoyasida muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda Ashraf Hakimidek futbolchilar juda zarur. Shu bois katta ehtimol bilan “qirollik klubi” futbolchini qaytarib oladi.

MUHIM MA’LUMOTLAR
Ashraf Hakimi 1998 yilning 4 noyabrida Madridda tug‘ilgan. Asli marokashlik. Marokash terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

2006 yilda “Real” akademiyasida shug‘ullana boshlagan Ashraf jamoaning barcha yosh toifasidagi jamoasida o‘ynagan. Asosan, o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydi, ammo vaziyatga qarab markaziy himoyada ham to‘p surishi mumkin. 2016 yil yozida u “Kastilya” safiga qabul qilinadi va 28 ta o‘yinda maydonga tushadi.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

U yagona golini Segundada “Fuenlabrad” jamoasiga qarshi o‘yinda kiritadi, o‘shanda 1:1 hisobi qayd etilib, Ashraf jamoasini mag‘lubiyatdan asrab qoladi.2017 yilning 19 avgustida 18 yoshga to‘lgan Ashraf “Real”ning asosiy jamoasi a’zosiga aylanadi va 19-raqamni oladi.

1 oktyabrda La Liga 7-turi doirasida “Espanyol”ga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi. Shuningdek, Hakimi “Real”da o‘ynagan birinchi marokashlik futbolchiga aylanadi.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Ashraf birinchi golini “Santyago Bernabeu”da “Sevilya” darvozasiga kiritadi,o‘sha o‘yinda “Real” 5:0 hisobida zafar quchadi. 2017/2018 yillardagi mavsumda Ashraf 17 ta o‘yinda 2 ta gol urishga erishadi.2018 yilning11 iyulida “Real” Hakimini “Borussiya”ga ijaraga beradi. Ijara ikki yilgatuzilgan.

Demak, bu shuni anglatadiki, 2020 yil yozida “Real” Ashrafni tarkibga qaytarib olishi mumkin. Shunisi aniqki, “Borussiya” futbolchini tarkibda saqlab qolishga urinadi. Agar Hakimi shu tarzda o‘ynashda davom etsa, Madrid klubi katta ehtimol bilan himoyachini Madridga qaytaradi. Chunki shundoq ham Zidanda himoyada muammolar yetarlicha.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Agar Ramos klubdan ketadigan bo‘lsa, Ashraf uning o‘rnini bosishi mumkin, chunki yuqorida ta’kidladik, Ashraf markaziy himoyada ham o‘ynayveradi. Qolaversa, xuddi Ramos kabi hujumkorlikni yaxshi ko‘radi va gollar urib turadi. Hatto uning ba’zi gollarin ko‘rib, hujumchiga ham o‘xshatasiz. Ashraf gohida hujumda ayrim hujumchilardan ham yaxshiroq harakatlanadi.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Ayniqsa, dubl qayd etgan oxirgi o‘yinidagi gollari tahsinga sazovor. Qolaversa, u Karvaxalning o‘rnini ham bemalol egallashi mumkin. Xorij OAVda unihatto “bo‘lajak Karvaxal” ham deyishadi.Xulosa o‘rnida aytarim shu, “Real”da juda yaxshi baza mavjud.

“Qirollik klubi” “Barselona”dan farqli o‘laroq tajribasini oshirib borayotgan yosh avlodiga ega. O‘z navbatida Zidan ham yoshlarga imkoniyat beryapti. Bu shuni bildiradiki, yaqin 2 yil ichida mutlaqo yangi “Real”ni ko‘rsak, ajab emas.
“Real”ning yashirin quroli: “bo‘lajak Karvaxal” haqida

Nizomjon ISLOMOV

Manba: www.stadion.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Ashraf Hakimi, Dani Carvaxal
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.