Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Benzema FFF rahbariga javob qaytardi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Franciya Futbol Federaciyasi rahbari Noel Le Graening so'zlariga javob qaytardi.

Biroz avval Noel Benzemaning Franciya terma jamoasi safidagi sarguzashtlari yakunlanganini takidlagandi. Bunga javob Benzemaning Twitter'dagi rasmiy sahifasida qoldirildi:"Noel, ishonamanki, siz murabbiyning qarorlariga aralashmaysiz.

Bilingki, xalqaro maydondagi faoliyatimga men, faqat men chek qo'ya olaman. Agar siz mening terma jamoadagi faoliyatim yakunlangan, deb o'ylasangiz, menga boshqa mamlakat sharafini himoya qilish huquqini bering. SHunda ko'ramiz!".

Eslatib o'tamiz, Benzema Franciya termajamoasi safida so'nggi marta 2015 yil maydonga tushgan va yarim himoyachi Mate Valbuena shantaji bilan bog'liq mojarolar sabab terma jamoadan chetlashtirilgandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Mate Valbuena, Noel Le Gre, Real Madrid, Karim Benzema, Franciya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.