Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Beyl "Real"ning ustidan kuldi (FOTO)


"Real" hujumchisi Garet Beyl Uels terma jamoasining "Evro-2020"ga yo‘llanma olganini keskin tarzda nishonladi.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar tarqatdi.Vengriya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Beyl muxlislarqo‘lidagi bayroqni olib, g‘alabani nishonlagan. Bayroqda quyidagi so‘zlar boredi: "Uels, golf, Madrid". Hammasi shu tartibda.
Beyl "Real"ning ustidan kuldi (FOTO)

Beyl hatto shu bayroq bilan birga suratga tushishdan ham tortinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi oktyabr oyidan beri "Real" safida maydonga tushmayapti, ammo terma jamoa safida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Madridda Garetning sevimli mashg‘uloti bo‘lmish golf bilan shug‘ullanishini tanqid qilishadi. Hatto Madridda Beylga "Golf o‘yinchisi" deb laqab ham qo‘yishgan.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Garet Beyl, Uels, Golf, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.