Azar: “Agar ta’tilda bo‘lsam ortiqchavazn olaman”
- » Yangiliklar, Real Madrid
- Kecha, 18:44
- 18
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eden Azar «Chelsi» klubidan Madridga ko‘chib o‘tayotganda ortiqcha vaznga ega ekanligini tan oldi.
— Ha, bu to‘g‘ri, — dedi Azar. — Ortiqcha vazn olganimni yashirmayman. Ammo, men ta’tilda bo‘lsam, haqiqiy dam olaman.
Men ortiqcha besh kilo vazn ortirgandim, chunki, mening organizimim tez vazn olib, tez vazn yo‘qotadi. 18 yoshligimda «Lill» jamoasida o‘ynaganimda 72 yoki 73 kilo edim. Keyin mushaklarimga kuch yig‘dim va 75-77 kg og‘irlikka ega bo‘ldim.
Bu yil 80kg edim, lekin 10 kunda ortiqcha vazndan xalos bo‘ldim.— «Real»dagi dastlabki oyimda yetarlicha yaxshi o‘yin namoyish eta olmadim. Men yanada kuchli o‘yin ko‘rsata olaman deb o‘ylayman.
Hozir o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, tezlikni oshirdim, boshqa jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilyapman. To‘g‘ri, hamma narsani to‘g‘ri qilmayapman, lekin yaxshilashga harakat qilyapman.
Dastlabki ikki oyda juda ko‘p pas berishga erishdim, lekin muxlislar mendan gol kiritishimni kutishmoqda”-dedi Azar.

Muallif: Zuhriddin |
Teg: Eden Azar
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish