Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona" va "Real" "El-Klassiko" kuni stadionga oddiy avtobuslarda yo'l olishadi


Ertaga, 18 dekabr kuni futbol olamidagi eng kutilgan bahslardan biri -"Barselona" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Jamoalar bahs o'tkaziladigan kun stadionga bitta mehmonxonadan yo'l olishadi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Sport.esnashri. Malumotlarga ko'ra, bu ishlar jamoalar xavfsizligini taminlash uchun qilinmoqda, chunki shaharda Kataloniya mustaqilligi uchun namoishlar o'tkazilyapti.

Ispan nashri malumoti bo'yicha, o'yin kuni Ernesto Valverde shogirdlari stadionga odatdagidek tashrif buyurishmaydi. Ular kun yarmida"Princesa Sofia" mehmonxonasiga yig'ilib, o'sha erdan arenaga yo'l olishadi.

Mehmonxonada ikki klub vakillariga binoning turli qismlaridan xonalar ajratiladi.
"Barselona" va "Real" "El-Klassiko" kuni stadionga oddiy avtobuslarda yo'l olishadi

"Real" ham aynan shu mehmonxonadan yo'lga chiqadi. "Princesa Sofia" oteli"Kamp Nou"dan 600 metr uzoqda joylashgan.

Bundan tashqari, jamoalar stadionga klub avtobuslarida emas, oddiy - hech qanday yozuvlari bo'lmaganavtobuslarda tashrif buyurishadi.
"Barselona" va "Real" "El-Klassiko" kuni stadionga oddiy avtobuslarda yo'l olishadi

"Qirollik klubi" Kataloniyaga o'yin kuni uchib boradi, ammo futbolchilarning xavfsizligi to'liq taminlanmasa, futbolchilar samolyotni tark etmasligi haqida malum qilindi.

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi ushbu bahs aslida 26 oktyabr kuni o'tkazilishi kerak edi, biroq Kataloniyadagi namoyishlar tufayli o'yin 18 dekabrga ko'chirildi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Real Madrid, Barselona, El-Klassiko
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.