Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Antuan Grizmann: "El klasikoni butun dunyo kutmoqda"


"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann La Liganing qoldirilgan 10-tur doirasidagi "Real"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bu butun dunyo kutayotgan o'yin. U muxlislar uchun bo'lgani kabi biz uchun ham muhimdir. Har doim El Klasikoni televizor qarshisida ko'rish ajoyib bo'lar edi.

Endi esa unda men o'ynash haqida orzu qilyapman. Men juda ham baxtliman va bu o'yinni intizorlik bilan kutyapman. Bu ajoyib kun bo'ladi va qo'limdan kelganicha o'ynab, ajoyib o'yin namoyishetishimga umid qilyapman, - deydi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: Zuhriddin |
Teg: La Liga, Real Madrid, Barselona, El Klasiko, Antuan Grizmann
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.