Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Varan Messiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini aytdi


"Real Madrid" klubi himoyachisi Rafael Varan bugungi “El-Klasiko” oldidan "Barselona" forvardi Lionel Messini qanday to‘xtatish mumkinligi borasida gapirib o‘tdi.

“Messi bu alohida futbolchi. Siz unga boshqa futbolchilarga nisbatan himoyalanganingiz singari himoyalana olmaysiz. U o‘ziga xos xususiyatlarga ega. U raqib himoyachilarining e’tiborini o‘ziga qaratadi. Uning harakatlanishi uchun imkon qadar kam joy qoldirib, unga qarshi jamoaviy himoyalanish kerak”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida “Real”ga qarshi 36 ta o‘yinda maydonga tushgan va 24 ta gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Manba: www.sport.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Rafael Varan, Barselona, Leo Messi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.