Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan “Real” tarixida sovrinlar soni bo'yicha nechanchi o'rindaligini bilasizmi?


“Real Madrid” Ispaniya Superkubogi finalida hamshahari “Atletiko”ni mag'lub etdi (0:0, penaltilarda 4:1).

Ushbu sovrin Zinedin Zidan uchun “Real Madrid” boshqaruvidagi 10-si bo'ldi.

Avvalroq 47 yoshli mutaxassis “Real Madrid” bilan uch marta ECHL, bir martadan Ispaniya La Ligasi hamda Superkubogi va ikki karradan Evropa Superkubogi hamda Klublar o'rtasidagi JCH bosh sovrinlarini qo'lga kiritgandi.

Bu “Real Madrid” tarixidagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Zidandan oldinda 14 ta sovrin yutgan Migel Munos bormoqda. Undan keyin esa Luis Molovni (8) hamda Vicente del Boske (7) joylashgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Atletiko, Zinedin Zidan, Ispaniya Superkubogi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.