Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Oblak: “Valverde bizni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qildi”


“Atletiko” posboni Ispaniya Superkubogi finalidan so'ng fiklari bilan bo'lishdi.

“90 daqiqa davomida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ammo bundan hech narsa chiqmadi. Penaltilar seriyasiga qadar etib bordik. Ammo bu lotereya. Ular gol urdi, biz esa yo'q. Endi boshni baland ko'tarib olg'a borish kerak. Bunday follarni ko'rish yoqimsiz. Biroq Fede buni amalga oshirdi. Biz esa gol ura olmadik. Bu haqiqiy qizil kartochka edi. U shunday qarorga kelib, bizni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qildi. “Real” futbolchilarini tabriklayman. Ular g'alaba qozondi. Biz esa xafamiz. Ushbu kubokni yutishni xohlagandik, lekin omadimiz chopmadi”, — deydi Oblak.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Yan Oblak, Atletiko, Federiko Valverde
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.