Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Serxio Ramos Ispaniya Superkubogi finalida jarohat olgan


"Real Madrid" sardori Serxio Ramos Ispaniya Superkubogi finalidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda (0:0, pen – 4:1) jarohat oldi.

Hal qiluvchi penaltini golga aylantirgan 33 yoshli himoyachining to'pig'i jarohatlangan.

El Chiringuito TV malum qilishicha Ramos 10 - 15 kun muddatni o'tkazib yuboradi.

"Avvaliga men Panenka uslubida zarba berishni o'ylayotgandim, lekin to'pig'im juda og'riyotgandi. SHu sababli men bir nechta mayda qadamlar tashlay olmasdim. Og'riqni penaltilar seriyasidan avval emas, o'yin vaqtidayoq sezgandim, ammo maydonda siz barchasini unutib, oxirigacha kurashishingiz kerak", - dedi Serxio Ramos.

Eslatib o'tamiz, "Real" 18 yanvar kuni o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi, 26 yanvar kuni esa La Liganing navbatdagi turi doirasida safarda "Valyadolid" bilan bellashadi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Serxio Ramos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.