Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Beyl yana stadionni muddatidan avval tark etdi


Madridning "Real" klubi o'z maydonida La Liga 20-turi doirasidagi uchrashuvda "Sevilya"ni (2:1) mag'lub etdi.

Garet Beyl uchrashuvning 82-daqiqasi davom etib turgan bir pallada "Santyago Bernabeu"ni tark etgan. Beyl joriy mavsum davomida beshinchi bor hakamning yakuniy hushtagini eshitmay o'yingohni tark etdi. Uelslik futbolchi bunga qadar "Espanol" (2:0), "Leganes" (5:0), "Betis" (0:0) va "Galatasaroy"ga (6:0) qarshi uchrashuvlarda shunday yo'l tutgan edi.

Malumot uchun, Madrid klubi qoidalariga binoan o'yinchilarning 80-daqiqadan avval uchrashuv davom etayotgan o'yingohni tark etishlari taqiqlanadi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Sevilya, Garet Beyl, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.