Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eshitdik-da. MYU va Madrid klublari ganalik futbolchi uchun kurashadi


"Valyadolid" markaziy himoyachisi Muhammad Salisu Evropaning top-klublari nishoniga tushib qoldi.

20 yoshli ganalik futbolchiga "Real Madrid", "Atletiko" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klublar allaqachon transfer bo'yicha so'rovlar ham yuborishgan.

Salisuning tovon puli 12 million evroni tashkil qiladi. Futbolchini Zinedin Zidanning shaxsan o'zi "Real Madrid"da ko'rmoqchi.

Madridliklarning "Valyadolid" klubi xo'jayini Ronaldo bilan munosabatlari yaxshiligi futbolchi uchun kurashda "Qirollik klubi" imkoniyatlarini oshiradi.

Malumot uchun, Salisu La Liganing joriy mavsumida 23 o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan. SHuningdek, uning hisobida 2ta sariq kartochka ham bor.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, MYU, Atletiko, Moxammed Salisu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.